MENU
Главная » 2014 » Декабрь » 30 » Rasman: “Barcelona” transferda ishtirok etmaydi
18:26
Rasman: “Barcelona” transferda ishtirok etmaydi

Sport Arbitraj Sudi (CAS) “Barcelona”ning FIFA tomonidan ikki transfer mavsumi davomida yangi o‘yinchilar sotib olishni ta’qiqlagani borasidagi appelyatsiyasini bekor qildi.

Yodingizda bo‘lsa, 2-aprelda FIFA “Barcelona” klubiga yangi o‘yinchilar bilan shartnoma tuzishni ta’qiqlab qo‘ygandi. Olib borilgan surishtiruv ishlariga muvofiq, “Cataloniyaliklar” va Ispaniya Futbol Federatsiyasi xalqaro transferlar bozorida ma’lum bir qoidalarga amal qilmagan hamda voyaga yetmagan legionerlar bilan bitim tuzganlikda aybdor deb topildi.

FIFA appelyatsiya qo‘mitasining 19-avgustidagi qaroriga ko‘ra “Barcelona” ikki transfer mavsumi davomida yangi o‘yinchilarni sotib olaolmaydi. Bundan tashqari, “ko‘k-anorranglilar” 450 ming shveytsariya franki miqdorida jarimaga tortildilar.

Категория: newsbar | Просмотров: 392 | Добавил: admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar