MENU
Главная » 2015 » Январь » 4 » Luis Enrique matbuot anjumanida qatnashdi !
06:46
Luis Enrique matbuot anjumanida qatnashdi !

"Barcelona" jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrique bugun matbuot anjumanida qatnashdi va jurnalistlarning savollariga javob berib o'tdi.

— "CAS"ning qarori ? Albatta biz boshqacha qarorni kutayotgan edik. Ammo bizning ajoyib jamoamiz bor. Buning ustiga bu "Barca B" jamoasi o'yinchilari o'zlarini ko'rsatishlari uchun ajoyib imkoniyat. 

Menga "Barca B"ning o'yinchilari yoqadi. Ular FIFAning transfer to'g'risidagi qaroridan so'ng jamoaga ijaradan qaytadimi ? Bilmadim, ular bunga qodir, lekin biz ulardan ruhsat olishimiz lozim.

Barcha o'yinchilar qishgi tanaffusdan so'ng jamoaga sog' salomat qaytib kelishdi.

"Sosedad"ga qarshi o'yin juda muhim, Biz bu o'yinda ajoyib o'ynamoqchimiz, biz juda jiddiy tayorgarlik ko'rmoqdamiz, bizga uch ochko kerak.

Carlos Vela - "Real Sosedad"ning hal qiluvchi kaliti. Ko'ramiz, u o'ynarmikan yoki yo'q.

Alves bilan shartnoma davom etadimi ? Bular haqida ochiq oydin suhbat qurgim yo'q. Menga u o'z vazifasini bajaroyotgani yoqayabdi.

"Barcelona"ni tark etishni hohlayotgan o'yinchilar ? Ular jamoa ma'muriyati bilan gaplashishlari lozim. Agar ular roziliksiz jamoani tark etmoqchi bo'lsalar, ular Blis to'lovni to'lashlari lozim.  — dedi Enrique.

Категория: newsbar | Просмотров: 469 | Добавил: admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar