Главная »
2014 » Декабрь » 31 » "Keretaro" prezidenti Ronaldino jamoadan ketmasligini ma’lum qildi
10:08 "Keretaro" prezidenti Ronaldino jamoadan ketmasligini ma’lum qildi |

Meksikaning "Keretaro" klubi prezidenti Xoakin Beltran jamoa Ronaldinoni o‘z safida olib qolishini aytib o‘tdi.
Jamoa prezidenti braziliyalik futbolchi yaqinda jamoa murabbiylar shtabi va rahbariyati bilan gaplashganini ta’kidlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra Ronaldino o‘zining shaxsiy ishlarini bitirib olish maqsadida klub rahbariyatidan ruxsat so‘ragan. Braziliyalik futbolchi yanvar oyi boshida "Keretaro" safiga kelib qo‘shiladi va mashg‘ulotlarga kirishadi. Ammo futbolchi Meksika chempionatining 1-turida "Pumas"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
"Ronaldino yaqinda bu yerga tashrif buyurib, murabbiy va futbolchilar bilan suhbatlashdi. Jamoa uni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi", - deydi Beltran.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Keretaro" prezidenti Ronaldinoning mashg‘ulotlarni besabab o‘tkazib yuborayotganidan norozi ekani va unga nisbatan ultimatum qo‘llanishi borasida fikr bildirgan edi.
|
|
Категория: newsbar |
Просмотров: 436 |
Добавил: admin
| Рейтинг: 0.0/0 |