MENU
Главная » 2015 » Январь » 6 » Iniesta: Biz "Real"ni quvib o'tmoqchi edik
06:49
Iniesta: Biz "Real"ni quvib o'tmoqchi edik

"Barcelona" jamoasi o'yinchisi Andreas Iniesta minimal mag'lubiyatdan so'ng o'z taasurotlarini aytib o'tdi.

— Biz turnir jadvalida "Real"ni quvib o'tmoqchi edik, lekin bu narsa o'xshamadi. Biz tezkor gol o'tkazib yubordik, lekin bizda o'yin tizginini o'zgartirish uchun vaqt yetarli edi.

Biz o'yinning ko'p qismida to'pga egalik qildik, lekin biz gol ura olmadik. Biz yaxshi o'ynadik, ritmni yaxshi ola oldik. Yaxshi to'p uzatdik, lekin ohirgi hal qiluvchi zarba o'xshamadi.

Biz uchun ketma ket qiyinchiliklar bo'lgan yil ham bo'lgan edi, kecha bundanda yomon bo'lishi ham mumkin edi.

Bu oy yaxshi o'ynamoqchimiz. Ahir oldinda juda ko'p o'yinlar bor. Deyarli har 3-4 kunda o'ynaymiz, shunday ekan biz o'zimizni ko'rsatib yaxshi natijalar ko'rsatishimiz lozim. — dedi Iniesta.

Категория: newsbar | Просмотров: 415 | Добавил: admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar