17:31 Claudio Bravo matbuot anjumanida qatnashdi (02/01/2015) | |
"Barcelona" jamoasi bosh darvozaboni Claudio Bravo kecha matbuot anjumanida qatnashdi. — "Barcelona"dagi har bir o'yin men uchun ahamiyatli. Lekin men "Real Sosedad"da ko'p o'ynaganman, u yerda ko'p narsani o'rganganman. Biz endi adashishga haqqimiz yo'q. Biz endi haqiqiy peshqadamga hos tarzda o'ynashimiz lozim. Yakshanba kuni Anoetega qaytish ? Men u yerda iliq qarshi olinishni kutmoqdaman. Bunga ishonaman, chunki men u klubga borimni berganman. Uch himoyachi bilan o'ynash ? Men hohlagan reja asosida o'ynashga moslashaman. Futbol har doim o'zgaradi, "Barcelona"ning darvozaboni ko'pincha markaziy himoyachiga o'xshaydi. Alvesning shartnomasi tugamoqda ? U juda ko'zga ko'rinadigan o'yinchi, jamoamizga u ko'p narsa bera oladi. Lekin bu savol menga to'g'ri kelmaydi, ahir men o'yinchilarning shartnomalari bilan shug'ullanmayman. FIFA CASning "Barcelona"ga transfer xuquqi to'g'risidagi qarorini qo'lladi ? Bu holat meni hayron qoldirdi. Sanksiyalar o'smoqda. — dedi Bravo. | |
|
| |
| Всего комментариев: 0 | |