20:11 "Barcelona" Subisaretta davrida transferlar uchun 442 mln evro sarf qilgan | |
"Barcelona" jamoasi sobiq sport ishlari direktori Andoni Subisaretta davrida, 4 yil ichida 16 o'yinchi uchun 442 mln evro sarf qilibdi. Bu haqida AS nashri xabar bermoqda. Eslatib o'tamiz, 53 yoshlik mutaxasis yaqinda istefoga chiqarilgan edi. 2010/11-mavsum: David Villa (40 mln), Xaver Mascherano (22 mln), Adriano Korreyya (10 mln), Ibraim Afellay (3 mln). 2011/12-mavsum: Sesk Fabregas (34 mln), Alexis Sanches (27 mln). 2012/13-mavsum: Alexandr Song (19 mln), Jordi Alba (14 mln). 2013/14-mavsum: Neymar (115,3 mln – Soliqlar va jarimaga tortilishi mumkin bo'lgan summani hisobga olmaganda). 2014/15-mavsum: Luis Suares (81 mln), Jeremy Mathieu (20 mln), Ivan Rakitic (18 mln), Claudio Bravo (12 mln), Mark-Andre ter Shtegen (12 mln), Thomas Vermaelen (10 mln), Douglas (4,5 mln). | |
|
| |
| Всего комментариев: 0 | |